Dollar, rubl va yevro ko‘tarildi — 24-oktabrda amalda bo‘ladigan valyutalar kursi

Dollar so‘mga nisbatan 8,04 so‘mga qimmatlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24-oktabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 8,04 so‘mga qimmatlashdi va 12 218,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro 12,18 so‘mga oshdi va 12 942,57 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl ham 2,06 so‘mga ko‘tarilib, 129,32 so‘mni tashkil qildi.