Tramp Vashingtonni dunyodagi eng xavfli poytaxt deb atadi

Avvalroq Tramp AQSh hozirgi prezident Jo Baydenning migratsiya siyosati tufayli “chiqindixonaga” aylanganini aytgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Vashingtonni dunyodagi eng xavfli poytaxt deb atadi. Bu haqda Tramp o‘zining “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Vashington iflos, jinoyatchilik to‘lib toshgan halokatli tuzoqqa aylandi. <...> Hozir u, ehtimol, dunyodagi eng xavfsiz bo‘lmagan poytaxt”, - deya yozgan sobiq rahbar.
Siyosatchi agar u prezident saylovida g‘olib chiqsa, shaharni obodonlashtirish va uning avvalgi qiyofasini tiklash bilan shug‘ullanishga va’da bergan.
Avvalroq Tramp AQSh hozirgi prezident Jo Baydenning migratsiya siyosati tufayli “chiqindixonaga” aylanganini ma’lum qilgan edi.
AQShda prezidenti saylovi 2024-yilda bo‘lib o‘tadi. Donald Tramp 2022-yil noyabrida davlat rahbari lavozimi uchun kurashishga kirganini bildirgan edi.