TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Bugun Toshkent metrosining "Shahriston" bekatida poyezd harakati vaqtincha to‘xtab qoldi, deya xabar berdi Transport vazirligi.
Qayd etilishicha, soat 09:46 lar atrofida Yunusobod yo‘lining "Shahriston" bekati aylanma yo‘lidan harakatga chiqishi lozim bo‘lgan 64-sonli harakat tarkibining havo kompressorida texnik nosozlik aniqlangan.
“Holat yuzasidan tezkor ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida ushbu harakat tarkibi soat 10:17 da harakatlana boshlagan”, — deyiladi xabarda.
Bu esa yo‘nalishda belgilangan vaqt intervallari uzayishiga olib kelgan. Hozir poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda.