Toshkent aeroportidagi mehmonxona auksionga qo‘yildi

Mehmonxonaning boshlang‘ich bahosi yiliga 1 296 000 000 so‘m.
Sputnik
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. ​Toshkent aeroportidagi mehmonxona auksionga qo‘yildi, deya xabar berdi "Uzbekistan Airports".
Qayd etilishicha, Toshkent aeroportidagi mehmonxona to‘liq qurib bitkazildi va foydalanishga tayyor. U xalqaro aviaqatnovlar terminali jo‘nab ketish zalining steril hududida joylashgan va tranzit yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan.

"Uzbekistan Airports" kompaniyasi ijarachi – mehmonxona boshqaruvini to‘liq o‘z qo‘liga oladigan mehmonxona sohasidagi professionalni qidirmoqda”,— deyiladi xabarda.

Tegishli lot E-auksion.uz elektron platformasiga joylashtirilgan. Umumiy maydoni 240 kv.m. bo‘lgan mehmonxonaning boshlang‘ich bahosi yiliga 1 296 000 000 so‘m.
Veb-saytda joylashtirilgan texnik topshiriqlarga javob beradigan kompaniyalar ishtirok etishi mumkin. Arizalar qabul qilishning oxirgi muddati 30-oktabr.
Ma’lumot uchun, mehmonxona ikki qavatda 24 ta xonadan iborat bo‘lib, tashrif buyuruvchilar uchun ma’lumot nuqtasi, hammom va dushlar, 24 soatlik resepshn va parvozga individual taklif qilish tizimi mavjud. Mehmonxona taniqli rassom Bobur Ismoilov loyihasiga ko‘ra sharqona uslubda bunyod etilgan.