Samarqand va Minsk o‘rtasida aviqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi

Belarus va O‘zbekiston o‘rtasida turizm sohasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Samarqand va Minsk o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
Samarqandda bo‘lib o‘tgan Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining sessiyasida ishtirok etayotgan Belarus sport va turizm vazirining o‘rinbosari Oleg Andreychik bilan Turizm qo‘mita raisi Umid Shadiyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Samarqand va Minsk o‘rtasida aviqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi
Uchrashuvda Samarqand va Minsk o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasini ishlab chiqish va mazkur reyslarni to‘ldirish uchun targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Belarus bilan turistlar oqimini ko‘paytirish maqsadida o‘zbek va belorus turizm kompaniyalari o‘rtasida mustahkam kelishuvlarga erishish, tizimli targ‘ibot ishlarini amalga oshirish va hamkorlikda qo‘shma turistik mahsulotlarni ishlab chiqishga kelishib olindi.