Tashqi ishlar vaziri beshta davlat elchisi bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar

Tomonlar iqtisodiy aloqalarga doir masalalar muhokama qilishdi.
Sputnik
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Fransiya, Qatar, Ozarbayjon, AQSh va Italiya davlatlari elchilari bilan uchrashdi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchilari Oreliya Bushez xonim (Fransiya), Hasan Hamza Hoshim (Qatar), Guseyn Guliyev (Ozarbayjon), Jonatan Xenik (AQSh) va Agostino Pinna (Italiya) janoblari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
1 / 4

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Fransiya, Qatar, Ozarbayjon, AQSh va Italiya davlatlari elchilari bilan uchrashdi

2 / 4

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Fransiya, Qatar, Ozarbayjon, AQSh va Italiya davlatlari elchilari bilan uchrashdi

3 / 4

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Fransiya, Qatar, Ozarbayjon, AQSh va Italiya davlatlari elchilari bilan uchrashdi

4 / 4

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Fransiya, Qatar, Ozarbayjon, AQSh va Italiya davlatlari elchilari bilan uchrashdi

Muloqotlar chog‘ida mazkur mamlakatlar bilan yanada mustahkamlanib borayotgan ikki tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli kun tartibi, ayniqsa, iqtisodiy aloqalarga doir masalalar muhokama qilindi. Oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak tadbirlar ko‘rib chiqildi.
Eronning O‘zbekistondagi yangi elchisi o‘z faoliyatini boshladi