Yomg‘ir, tuman va past harorat — O‘zbekistonda 23-oktabr uchun ob-havo

Prognozlarga ko‘ra, respublikaning qator hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
Sputnik
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Ertaga, 23-oktabr kuni havo harorati +18 daraja bo‘ladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, respublikaning qator hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10-12 daraja iliq, kunduzi +14-16 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0-5 daraja iliq, kunduzi +10-15 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7-12 daraja iliq, kunduzi +13-18 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +7-12 daraja iliq, kunduzi +13-18 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +9-14 daraja iliq, kunduzi +15-20 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +7-12 daraja iliq, kunduzi +13-18 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +7-12 daraja bo‘ladi.