TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Faol rivojlanayotgan Rossiya-Xitoy munosabatlari Arktikada NATO bilan ziddiyat xavfini oshirmoqda. Bu haqda alyans harbiy qo‘mitasi rahbari Rob Bauer ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Rossiyaning Arktikada harakat qilish imkoniyatini inobatga olgan holda NATO mintaqadagi mojarolarga tayyor bo‘lishi kerak. Shunga qaramay, biz Arktika “darhol” qaynoq nuqtaga aylanishidan xavotirda emasmiz”, — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Arktika havo bazalari va boshqa infratuzilmalarga katta sarmoya kiritmoqda.