TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Agar insonparvarlik yordami yetkazib berilmasa, G‘azo sektoridagi odamlar ochlikdan o‘ladi. Bu haqda BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi rahbari Sindi Makkeyn Politico nashriga ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Avvalroq tashkilot insonparvarlik karvoni tarkibida G‘azo sektoriga baliq konservalari, un va makaron kabi 47 kub tonna oziq-ovqat yetkazib bergani haqida xabar bergan edi.
“Hozir biz bu hududda (G‘azo sektori) odamlarni to‘yg‘azishga qodir emaslik va umuman yeydigan narsa topa ololmasligi uchun falokatga duch kelyapmiz.Agar biz kira olmasak, bu odamlar ochdan o‘ladi”, — dedi Makkeyn.
U shuningdek, yana ko‘p yordam yetkazilishi kerakligini ta’kidladi.
Falastinning XAMAS harakati bilan bog‘liq sektor hukumati matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Falastin-Isroil mojarosi avj olgani sababli bir yarim million g‘azolik uylarini tark etdi. G‘azo sektori aholisining 70 foizi uylarini tark etishga majbur bo‘ldi, ular qabulxonalarda yashashmoqda.