TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Agar Vashington Kiyev va Tel-Avivga mos ravishda 61,3 milliard va 14,3 milliard dollarlik yordam paketlarini ajratsa, 2001-yildan 2023-yilgacha AQShdan olingan yordam hajmi bo‘yicha yetakchilar Afg‘oniston, Ukraina va Isroil bo‘lishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti ma’lum qildi.
Avvalroq Oq uy shu hafta boshida AQSh prezidenti Jo Bayden Kongressdan Ukrainaga 61,3 milliard dollar, Isroilga esa 14,3 milliard dollar yordam so‘raganini ma’lum qilgan edi.
Bundan oldin u televidenie orqali xalqqa murojaat qilib, Kongressni unga Ukrainaga uzluksiz qurol yetkazib berishni davom ettirish imkoniyatini berishga chaqirgan. Bayden Kapitoliyga Ukraina, Isroil va boshqa "tanqidiy" Amerika ittifoqchilariga yordam berish uchun favqulodda budjet so‘rovini yubordi.
RIA Novostining AQSh Davlat departamenti ma’lumotlariga asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra, 2001-yildan beri Amerikadan eng ko‘p mablag‘ oluvchilar orasida mutlaq yetakchi Afg‘oniston bo‘lib, 2023-yil 30-sentabr holatiga ko‘ra AQShdan 111,7 milliard dollar olgan.
Ikkinchi o‘rinda Iroq 64,4 milliard dollar, uchinchi – Isroil, 63,1 mlrd dollar, to‘rtinchi - Misr 33,6 milliard dollar, beshinchi - 30,4 milliard dollar bilan Ukraina turibdi.
Top-10 talikka Iordaniya (23,5 milliard dollar) ham kiradi. Pokiston va Efiopiyaning har biri 17,5 milliard dollar, Keniya 13,3 milliard dollar, Kolumbiya esa 12,2 milliard dollar olgan.
Bundan tashqari, so‘nggi ikki yil ichida Kiyev 2021-yil 1-oktabrdan 2023-yil 30-sentabrgacha 24,6 milliard dollar olgan Amerika moliyasining asosiy oluvchisiga aylandi.
Bu vaqt ichida Isroil 3,3 milliard dollar, Afg‘oniston 2,7 milliard, Iroq 824,5 million, Misr esa 353 million dollar qabul qilib olgan.