Isroil-Falastin mojarosi

AQSh Falastinga qarshi urush olib bormoqda — XAMAS

Xorijdagi XAMAS rahbarining aytishicha, AQSh Falastinga qarshi urush olib bormoqda.
Sputnik
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Falastinga qarshi urushda aynan AQSh yetakchilik qilmoqda. Bu haqda xorijdagi XAMAS harakati rahbari ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektoridagi tashkilot va boshqa Falastin kuchlariga qarshi urushni aynan Qo‘shma Shtatlar boshqarmoqda.
"Amerika bugun bu urushga boshchilik qilmoqda va XAMASni mag‘lub etish maqsadlariga erishishni rejalashtirmoqda, Isroilni qo‘llab-quvvatlamoqda va uni qurol bilan ta’minlamoqda", — deyiladi Mash’al harakatning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qilingan bayonotida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “bosqinchilar XAMAS va G‘azo sektorini tor-mor etmoqchi” va Falastin harakatining xalq qo‘llab-quvvatlashini yo‘q qilmoqchi. Shuningdek, u XAMAS avvalroq “Isroilga qarshi beshta urushda qatnashgan va unga qattiq qarshilik ko‘rsata olganini” ta’kidladi.