Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasi Xanchjouga yetib bordi

Musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi 11 sport turida 108 nafar paraatlet bilan ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Ertaga Xitoyning Xanjchou shahrida IV Paraosiyo o‘yinlari boshlanadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqaga jo‘nab ketishi oldidan Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti O.Umarov, Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosarlari - Sh.Mahmudov va M.Ismoilov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi O.Kasimov, qo‘mita raisi o‘rinbosarlari – A.Kamilov hamda Sh.Tashmatovlar Milliy paralimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurishdi. Ularni Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti – O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi M.Tashxodjayev kutib oldi.
Ofitsialnie litsa otechestvennogo sporta pojelali udachi paraatletam
Tantanali kuzatish tadbiri oldidan O‘zbekiston delegatsiyasining ushbu kompleks musobaqaga ko‘rgan tayyorgarligi, kutilayotgan natijalarga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Ofitsialnie litsa otechestvennogo sporta pojelali udachi paraatletam
Ofitsialnie litsa otechestvennogo sporta pojelali udachi paraatletam
Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasi bugun Xanchjouga yetib bordi. Ma’lumot uchun, bu galgi musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi 11 sport turida 108 nafar paraatlet bilan ishtirok etadi.
Ofitsialnie litsa otechestvennogo sporta pojelali udachi paraatletam