Butunjahon jang san’ati o‘yinlari: O‘zbekistonlik sambochilar 6 ta medal qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sambochilar 6 ta medal qo‘lga kiritishdi va qimmatli medallarni delegatsiya hisobiga qo‘shib qo‘yishdi.
Sputnik
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahrida III Butunjahon jang san’ati o‘yinlari boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi ma’lum qildi.
Kecha, 20-oktabr kuni musobaqa doirasida sambo bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi. Bahslarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik sambochilar 6 ta medal (2 ta oltin, 3 ta kumush, 1 ta bronza) qo‘lga kiritishdi va qimmatli medallarni delegatsiya hisobiga qo‘shib qo‘yishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi safida quyidagi sambochilar sovrindor bo‘lishdi:
Oltin:
-79 kg: Furqat Ro‘ziyev;
-59 kg: Ibodatxon Agojonova.
Kumush:
-71 kg: Dilshodbek Yo‘ldoshev;
-64 kg: Muhammadali Sa’dullayev;
-72 kg: Begoyim Hayitova.
Bronza:
-50 kg: Gulsevar O‘roqova.