Isroil-Falastin mojarosi

Misr va G‘azo sektori o‘rtasidagi Rafah nazorat-o‘tkazish punkti ochildi — OAV

RIA Novosti muxbirining ma’lum qilishicha, Misr va G‘azo sektori chegarasida gumanitar yordam yuklangan 200 ga yaqin avtomobil to‘planib qolgan.
Sputnik
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. G‘azo sektori uchun gumanitar yordam yuklangan birinchi yuk mashinalari Rafah nazorat-o‘tkazish punkti orqali anklavga o‘ta boshladi, deb xabar bermoqda Al Arabiya telekanali.
“G‘azo sektoriga gumanitar yordam, jumladan, tibbiy buyumlar bo‘lgan yuk mashinalari Rafah nazorat-o‘tkazish punkti orqali o‘ta boshladi”, - deydi voqea joyidan muxbir.
Telekanalning qo‘shimcha qilishicha, G‘azodagi xorijliklar tez orada Rafah orqali anklavni tark etishlari mumkin.
RIA Novosti muxbirining ma’lum qilishicha, Misr va G‘azo sektori chegarasida gumanitar yordam yuklangan 200 ga yaqin avtomobil to‘planib qolgan.
Rafah nazorat-o‘tkazish punktining ochilishi bugun Amerikaning Isroildagi elchixonasi tomonidan e’lon qilindi. U orqali Misrga AQSh yoki boshqa G‘arb davlatlarining pasportiga ega falastinliklar, shuningdek, ayrim gumanitar tashkilotlar xodimlari kirib kelishi kutilmoqda.
Shu hafta Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va AQSh prezidenti Jo Bayden G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazishga kelishib oldi. U doimiy ravishda Rafah nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tadi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil va boshqa davlatlarning 1,3 mingdan ortiq fuqarosi halok bo‘lgan. G‘azoda 4,1 mingdan ortiq kishi qurbon bo‘lgan, 13 mingdan ortiq kishi jarohat olgan.
Isroil-Falastin mojarosi
Rossiya G‘azo sektoriga 27 tonna insonparvarlik yordami jo‘natdi