Toshkent aeroporti estakadasidagi kameralar jarima solishni boshlaydi

1 noyabrdan Toshkent aeroporti estakadasida belgilangan vaqtdan ko‘p turgan mashinalarga avtomatik ravishda jarima yozish boshlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroportidagi yo‘l o‘tkazgich (estakada)da ruxsat etilgan to‘xtash vaqtidan ortiqcha turgan haydovchilar jarimaga tortiladi. Estakadada o‘rnatilgan yo‘l kameralari Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tizimlari bilan integratsiya qilindi. Bu haqda “Uzbekista Airports” matbuot xizmati xabar bermoqda.
2021 yil iyul oyidan boshlab Toshkent aeroporti estakadasiga kirish yo‘lovchilar va kuzatuvchilar uchun ochilib, muayan qoidalar o‘rnatilgan. Xususan, turli toifadagi transportlar uchun — yengil avtomobillar uchun — 5 daqiqagacha, turistik avtobuslar va mikroavtobuslar uchun — 10 daqiqagacha to‘xtab turish vaqti belgilangan.
Yo‘l o‘tkazgichning o‘ng va chap qismlarini ajratib turuvchi sariq chiziqda ham to‘xtash taqiqlanadi. Shu paytga qadar yurish qoidalariga rioya qilish va yo‘l o‘tkazgichda harakatni tartibga solish bilan aeroport shug‘ullanayotgan edi.
1 noyabrdan boshlab tizim avtomatik ravishda ishlaydi. Xususan, to‘xtash belgilangan vaqtidan oshib ketganda (to‘xtab turish taqiqlanadi) va sariq chiziqda to‘xtab turish uchun haydovchilarga jarimalar avtomatik tarzda belgilanadi.
Yo‘l o‘tkazgichda bir vaqtning o‘zida 30 tagacha avtomobil yoki sayyohlik avtobuslarini hisobga olgan holda 17 tagacha avtomobil bo‘lishi mumkin.
Uzoq turishni rejalashtirayotgan haydovchilarga jo‘nash terminali oldidagi avtomobil turar joylaridan foydalanish tavsiya etiladi.