Sport kurashlari: Nukusda o‘tgan xalqaro musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar g‘olib bo‘lishdi

Nukusda sport kurashlari bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi.
Sputnik
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Nukusda o‘tgan sport kurashlari bo‘yicha xalqaro musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Qoraqalpog‘iston respublikasida 17-19-oktabr kunlari sport kurashlari bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.
“New Uzbekistan” nomi ostida birinchi bor tashkil etilgan kattalar o‘rtasidagi turnirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarusdan tashrif buyurgan polvonlar bahs olib borishdi.
“Har uch yo‘nalishda 14 ta vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi”, — deyiladi xabarda.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda Belarus hamda Qozog‘iston jamoalariga nasib etdi.