Eronning O‘zbekistondagi yangi elchisi o‘z faoliyatini boshladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Eron elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Sputnik
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Eron elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi, deya xabar berdi vazirlik matubot xizmati.
Vazir Baxtiyor Saidov Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Muhammad Ali Iskandariydan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Eron o‘zaro manfaatli hamkorligini kengaytirish bo‘yicha ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oldidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Eron elchisi Hamid Nayrobodiy diplomatik missiyasini yakunlagan edi.