O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda iste’mol narxlari indeksi qanday o‘zgardi?

YeOIIda o‘tgan yil davomida iste’mol narxlari indeksi o‘rtacha 6,5 %ga o‘sishi kuzatildi. Bunda eng katta o‘sish xizmatlar narxiga to‘g‘ri keldi.
Sputnik
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) tovar va xizmatlar iste’mol narxlari indeksi 2023-yil sentabrda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,5 %ga o‘sdi.
YeOIIga a’zo davlatlar kesimida narxlarning eng ko‘p o‘sish Qozog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri kelgan — 111,8 %, ikkinchi o‘rinda Qirg‘iziston — 109,6 %, uchinchi o‘rinda — Rossiya 106%, Belarus — 102%. Armanistonda narxlar deyarli o‘zgarmagan — 100,1%.
Tovar gruppalar kesimida esa narxlar o‘sishi eng ko‘p pulli xizmatlar sohasiga to‘g‘ri kelgan +9,7%, oziq-ovqatlar narxi o‘sishi +5,4%, nooziq-ovqat tovarlar narxi esa +5,3% ga oshgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining yuqori o‘sishi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelgan (+11,4 %). Qirg‘izistonda (+7,6%), Rossiya (+4,9%), Belarus (+2,4%). Armanistonda esa oziq-ovqatlar narxi pasayishi kuzatildi (-1,9%).
Nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining eng katta o‘sishi Qirg‘izistonda (+14,5 %) va Qozog‘istonda (+12,1 %), Rossiyada (+4,6%) kuzatilgan. Belarusda esa nooziq-ovqat mahsulotlari narxi (-2.3%) pasayishi kuzatilgan.
Pulli xizmatlar narxi o‘sishi eng ko‘p Qozog‘istonda (+11,9 %) qayd etildi, Rossiyada (+9,7%), Qirg‘izistonda (+9,4%), Belarusda (+7,6%) va Armanistonda (+3,2%) kuzatilgan.
Iste’mol narxlari indeksi — muayan davrdagi, qat’iy belgilangan mahsulot va xizmatlar to‘plami narxlarining uning bazaviy davrdagi narxiga nisbatini o‘lchaydi va o‘tgan davr mobaynida xaridor tomonidan sotib olingan tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘zgarishlarni aks ettiradi. Iste’mol narxlari indeksini hisoblashda odatda aholi tomonidan doimiy ravishda sotib olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulotlar hamda xizmatlar narxi kuzatiladi.