2022 yil martida, maxsus harbiy operatsiya boshlangan paytda Mariupolda suratga olingan rossiyalik Aleksey Orlovning “Shafaq” surati “Asosiy yangiliklar, seriyalar” nominatsiyasida Gran-priga loyiq ko‘rildi.
Bahraynlik Ayman Yoquvning “Olovli shar” surati “Asosiy yangiliklar” nominatsiyasida birinchi o‘rinni egalladi. Suratda Yaman tomonidan Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi “Saudi Aramco” neft bazasiga berilgan zarba oqibatida osmonga ko‘tarilgan olov va tutun aks etgan.
Andrey Stenin nomidagi fotojurnalistika konkursining maqsadi yosh fotosuratchilarni qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik zamonaviy fotojurnalistika muammolariga jalb qilishdir. Tanlov xalqaro fotojamiyat fotojurnilistikada yangi nomlar kashf qiladigan, uning yuqori standartlarini qo‘llab quvvatlaydigan va rivojlantiradigan, Rossiya va dunyo hujjatli fotosuratchiligining sifat mezonlarini belgilaydigan yagona maydondir.