Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchilari aniqlandi — ular kimlar?

Toshkentda “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchilari aniqlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkentda “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchilari aniqlandi
"Mazkur tanlov 3 bosqichda bo‘lib o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari (har bir o‘ringa 1 nafar ona tili va 1 nafar o‘zbek tili ustozlari) mukofotlar bilan taqdirlanishdi”, — deyiladi xabarda.
Mukofotlar:
1-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” I darajali diplomi, 25 mln. so‘m pul mukofoti;
2-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, monoblok;
3-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, noutbuk.
Shuningdek, 2 nafar ustozga “Ijodkor Ustoz” va “Izlanuvchan Ustoz” nominatsiyalari topshirildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi Nasiba Mamaraimovaning Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, Qoraqalpog‘iston respublikasi, Buxoro, Namangan, Jizzax va Xorazm viloyatlari, shuningdek Toshkent shahrida dars berib kelayotgan o‘qituvchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
O‘zbek tili yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar:
1-o‘rin: Allambergenova Nigora Gulmirzayevna - Qoraqalpog‘iston respublikasi Qonliko‘l tumani 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘zbek tili o‘qituvchisi;
2-o‘rin: Karimova Laylo Izzatullayevna - Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani 21-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi;
3- o‘rin: Saidova Sumbuloy Otabayevna Toshkent shahar Olmazor tuman Ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi;
4-o‘rin (nominant): Temirov Nurali Abdujalil o‘g‘li - Jizzax viloyati Jizzax shahar 5-sonli maktabi o‘qituvchisi.(Nominant)
Ona tili yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar:
1-o‘rin: Toshboyeva Gulrux Abdulhayevna - Namangan viloyati, Kosonsoy tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi;
2-o‘rin: Yaxshiboyeva Sevara Bo‘ranovna - Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanidagi 31-sonli maktab o‘qituvchisi;
3- o‘rin: Matniyazova Sevara Bahramovna - Xorazm viloyati, Tuproqqal’a tumanidagi 8-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi;
4-o‘rin (nominant): Lolayeva Durdona Rahmatovna - Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 300-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi.