Dollar va rubl ko‘tarildi — 20-oktabrda amalda bo‘ladigan valyutalar kursi

Dollar so‘mga nisbatan 24,08 so‘mga qimmatlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 20-oktabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 24,08 so‘mga qimmatlashdi va 12 231,01 so‘mni tashkil qildi. Yevro 3,90 so‘mga tushdi va 12 897,60 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl ham 0,16 so‘mga ko‘tarilib, 125,65 so‘mni tashkil qildi.