Rossiyada qonuniy vakillari bo‘lmagan voyaga yetmagan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

2006 yilda tug‘ilgan fuqaro qonuniy vakillarisiz hamda Rossiya qonunchiligini buzgan holda Rossiyaning Primorskiy o‘lkasida bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulligi ko‘magida murakkab ahvolga tushib qolgan mamlakat fuqarosi Rossiyaning Uzoq Sharq mintaqasidan vatanga qaytarildi
"Dunyo" AA xabariga ko‘ra, 10-oktabr kuni Vladivostokdagi "Parus nadejdi" maxsus sotsiallashtirish markazi xodimlari Bosh konsullikka murojaat qilib, voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi O.K. (2006 yilda tug‘ilgan) qonuniy vakillarisiz hamda Rossiya qonunchiligini buzgan holda Rossiyaning Primorskiy o‘lkasida bo‘lib turgani va mazkur muassasada saqlanayotganini bildirgan.
Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga ko‘maklashish uchun komissiya ish boshladi
O‘zbekistonlik diplomatlar markaz rahbariyati bilan muzokaralar olib borgan va 13-oktabr kuni O.K. tog‘asi hamrohligida Andijon viloyatiga ota-onasining huzuriga yetkazilgan.