Isroil-Falastin mojarosi

Rossiya G‘azo sektoriga 27 tonna insonparvarlik yordami jo‘natdi

Insonparvarlik yordami un, shakar, guruch va makaron mahsulotlaridan iborat.
Sputnik
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Rossiya G‘azo sektoriga 27 tonna insonparvarlik yordami jo‘natdi, yukni mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus borti eltib beradi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
Il-76 maxsus borti Moskva viloyatidagi Ramenskoe aerodromidan Misrning al-Arish shahridagi aeroportga yo‘l olgan. Insonparvarlik yordami G‘azo sektoriga jo‘natilishi uchun Misrning Qizil Yarim oy jamiyati vakillariga topshiriladi.
Falastinliklarga un, shakar, guruch va makaron mahsulotlari tarqatiladi.
Isroil-Falastin mojarosi
Falastin xalqi Rossiyaga minnatdorlik bildiradi — elchi