TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Rossiya BMT Bosh Assambleyasining falastinliklarni himoya qilish bo‘yicha maxsus sessiyasini qayta boshlash tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqida BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Rossiyaning tashkilotdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Rossiya BMT Bosh Assambleyasining Falastin tinch aholisini himoya qilish bo‘yicha 10-favqulodda maxsus sessiyasini qayta boshlash tashabbusi bilan chiqdi.
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi... chaqiriqlarga aniq javob bera olmagani uchun biz Falastin-Isroil mojaro zonasidagi vaziyat va uni hal qilish yo‘llarini har tomonlama muhokama qilish uchun BMT Bosh Assambleyasining Falastin tinch aholisini himoya qilish bo‘yicha 10-favqulodda maxsus sessiyasini qayta boshlash tashabbusi bilan chiqapmiz”, — dedi Nebenzya.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Bosh Assambleya raisiga tegishli xat allaqachon imzolangan va darhol yuboriladi.