SAMARQAND, 19 okt — Sputnik. O‘zbekistonning eng yaxshi turizm qishlog‘i tanlandi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Navoiy viloyatidagi Sentob qishlog‘i shu unvonga sazovor bo‘ldi.
Navoiy viloyatining Nurota tumani markazidan 120 kilometr uzoqda joylashgan Sentob qishlog‘i hududdagi diqqatga sazovor sayyohlik yo‘nalishlaridan biridir. Sentob qishlog‘i o‘zining qadim tarixi, madaniy merosi, o‘tmishi, milliy qadriyatlari va urf-odatlarining bugungi kunga qadar saqlanib qolganligi bilan etnik qishloq bo‘lib sanaladi.
Bu unvonga Konigil (Samarqand), Sangardak (Surxondaryo), Uxum (Jizzax) va Avval (Farg‘ona) qishloqlari ham da’vogarlik qilgan edi.
Tadbir Samarqand shahrida 16-20 oktabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.