TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2024-yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Memorandum Ozarbayjon mudofaa vaziri Zokir Hasanovning mamlakatga tashrifi davomida imzolandi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari general-leytenant Bahodir Qurbonov va general-polkovnik Zokir Hasanov ikkki mamlakat o‘rtasidagi harbiy, harbiy-texnikaviy, harbiy ta’lim va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik masalalari hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa bir qator masalalar muhokama qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlik har ikki davlat armiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida ikki davlat mudofaa vazirlari harbiy sohada erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida ham fikr almashdilar.