Ozarbayjon mudofaa vaziri O‘zbekistonga keldi

Tashrif O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonovning taklifiga binoan amalga oshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zokir Hasanov O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Ozarbayjon mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonovning taklifiga binoan amalga oshirildi.
Vazirlar tashrif doirasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda harbiy, harbiy-texnik, harbiy-ta’lim va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.