TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Permda bo‘lib o‘tgan “Rossiya – sport davlati” xalqaro forumida kompyuter o‘yinlarini nafaqat ishlab chiqish, balki barcha serverlari Rossiyada "ru" zonasida joylashishini ta’minlash kerakligini aytdi.
Rossiya boks federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi raisi Umar Kremlev Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha kengashda o‘yin serverlarida "som" zonasini blokirovka qilish va dasturiy ta’minot, ofis va serverlarni "ru" zonasiga o‘tkazish uchun internet o‘yinlarini yagona regulyator tashkil etishni taklif qildi.
"Bu masalani nafaqat ko‘rib chiqish, balki amalga oshirishimiz kerak. Barchasini yagona regulyatorga biriktirishimiz kerak", — dedi Putin.
Eslatib o‘tamiz, ikki kun oldin World of Tanks onlayn o‘yin platformasi maxsus aksiya ishga tushirganini va uning doirasida jamlangan mablag‘lar Ukraina Qurolli kuchlariga jo‘natilishini e’lon qilgan edi.