TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Farg‘ona viloyati "Vodil" qishlog‘i yaqinidagi chegara nazorat punktida 16-oktabr oqshomida sodir bo‘lgan holat yuzasidan DXX video e’lon qildi.
O‘shanda avtomobilda noqonuniy tovar-moddiy boyliklar olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqarolar chegarachilarga qarshilik ko‘rsatishi oqibatida, chegarachilar o‘q uzishga majbur bo‘lgan va ikki nafar fuqaro vafot etgan edi.
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bugun ushbu holat yuzasidan video e’lon qildi. unda voqea aslida qanday sodir bo‘lganini ko‘rish mumkin.