TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Xitoy “Ipak yo‘li” jamg‘armasiga 11 milliard dollar qo‘shadi. Xitoy rahbari Si Szinpin ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Xitoy “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi loyihalarini birgalikda qurishni qo‘llab-quvvatlash uchun “Ipak yo‘li” jamg‘armasiga 80 milliard yuan (10,9 milliard dollar) qo‘shadi.
“Xitoy taraqqiyot banki va Xitoy eksport-import bankining har biri 350 milliard yuan (47,8 milliard dollar) miqdorida moliyalashtirish oynasini ochadi va “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi loyihalarini birgalikda qurishni qo‘llab-quvvatlash uchun Ipak yo‘li jamg‘armasiga 80 milliard yuan (10,9 milliard dollar) yangi mablag‘lar kiritiladi”, — dedi Xitoy yetakchisi.
Shuningdek, u “Bir makon, bir yo‘l” oliy darajadagi forumi doirasida biznes-forum o‘tkazilgani, uning natijasida 97,2 milliard dollarlik hamkorlik kelishuvlariga erishilganini qo‘shimcha qildi.