Xitoyga gaz eksporti tez orada G‘arbiy Yevropaga yetkazib berish darajasiga yetadi — Miller

Rossiya 2022-yilda Xitoyga rekord darajadagi 15,5 milliard kub gaz yetkazib bergan. Bu bir yil oldingi miqdorga qaraganda 1,5 baravar ko‘p.
Sputnik
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. "Gazprom"ning Xitoyga quvur orqali gaz yetkazib berish hajmi tez orada G‘arbiy Yevropaga darajasiga yetishi mumkin, dedi Rossiya kompaniyasi rahbari Aleksey Miller. RIA Novosti xabariga asosan.

“Yaqin kelajakda Xitoyga quvur orqali gaz yetkazib berish biz G‘arbiy Yevropaga eksport qilgan hajmiga yetishi mumkin”, - dedi u "Rossiya 1" telekanali jurnalisti Pavel Zarubinga bergan intervyusida.

Oldinroq Aleksey Miller kelgusi yillarda "Gazprom"ning Xitoyga eksporti hajmi 48 milliard kubometrga yetishini ma’lum qilgan edi. Jumladan, Mo‘g‘uliston orqali tranzit gaz quvurini hisobga olganda yiliga taxminan 100 mlrd. m3 ga yetishi mumkin.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Rossiya gazi Xitoyga asosan "Sila Sibiri" gaz quvuri orqali yetkazib beriladi. 2022-yilda bu gaz quvuri orqali Rossiyadan Xitoyga gaz yetkazib berish hajmi 1,5 baravar ko‘paydi va rekord darajadagi 15,5 milliard kub metrni tashkil qildi.
"Sila Sibiri" gaz quvurining to‘liq quvvati 38 mlrd. kub metrni tashkil qiladi. Gaz quvurini to‘liq quvvat bilan 2024-yildan so‘ng bosqichma bosqich ishga tushirish rejalashtirilgan.
Undan tashqari, bugungi kunda Rossiya Xitoy bilan "Sila Sibiri 2" gaz quvuri borasida muzokaralar olib bormoqda.