Xalqaro sirk festivalida O‘zbekiston jamoasi oltin medalga ega chiqdi

O‘zbekiston jamoasi “Monte Karlo” Xalqaro festivaliga rasmiy taklifnomani qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Xalqaro sirk festivalida O‘zbekiston jamoasi oltin medalga ega chiqdi, deya xabar berdi Madaniyat vazirligi.
Italiyaning Latina shahrida 24-xalqaro sirk festivali o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston, Rossiya, AQSh, Chili kabi 28 ta mamlakatning mashhur sirklari ishtirok etdi.
O‘zbek davlat sirkining “Samo farishtalari” jamoasi dorbozlari "Uchlik nafas" chiqishlari bilan oltin medalni qo‘lga kiritishdi.

“Festivalda birinchi bo‘lgan o‘zbek sirki nafaqat oltin medal, balki “Monte Karlo” Xalqaro festivaliga rasmiy taklifnomani ham qo‘lga kiritdi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida o‘zbek sirk ustalari “Oltin fil” mukofoti bilan taqdirlangan edi.