TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 19-oktabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 11,86 so‘mga qimmatlashdi va 12 206,93 so‘mni tashkil qildi. Yevro 32,04 so‘mga oshdi va 12 901,50 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl ham 0,15 so‘mga ko‘tarilib, 125,49 so‘mni tashkil qildi.