TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Ukrainaning Xerson yo‘nalishidagi qarshi hujumi yo‘qotishlarga olib keladi, ammo natija yo‘q. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Ular Xerson yo‘nalishi bo‘yicha uzoq vaqtdan beri e’lon qilingan, kutilgan yana bir qarshi hujumni boshladilar. Hozircha natija yo‘q. Yo‘qotishlar bor - natija yo‘q", — dedi Putin Xitoyga tashrifi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.
U Zaporoje va boshqa yo‘nalishlarda ham bo‘lganligini ta’kidladi.