Ko‘rgazmada 8 ta davlatdan 180 dan ortiq ishlab chiqaruvchilar ishtirok etmoqda. Belarus, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Xitoy shular jumlasidan. 100 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar ham o‘z stendlari bilan qatnashmoqda.
Ko‘rgazmadan to‘qimachilik mahsulotlari, tayyor kiyim, trikotaj mato va aksessuarlar joy olgan. Bundan tashqari, kalava ip, mato, interyer uchun gazlama ham bor. Investor va xaridorlar mahsulotlar bilan tanishishmoqda. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik uchun shartnomalar tuzilmoqda.
Batafsil - Sputnik videosida.