Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi odatiy ish rejimida faoliyatini boshladi

Dubay bilan hamkorlikda majmuaning avariya holatlariga qarshi himoya va blokirovka boshqaruv tizimlari, qozonlarining avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida modernizatsiya qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi odatiy ish rejimida faoliyatini boshladi, deya xabar berdi majmua matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida rejali joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Majmua tomonidan 14 kun davomida 1480 ta profilaktik ko‘rik, ta’mirlash va modernizatsiya ishlari amalga oshirildi.
Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi odatiy ish rejimida faoliyatini boshladi

“Dubayning “HIMA Middle East FZE” kompaniyasi bilan hamkorlikda majmuaning avariya holatlariga qarshi himoya va blokirovka boshqaruv tizimlari, “Mechanics” MChJ ishtirokida bug‘-gaz havo ta’minoti sexi qozonlarining avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida modernizatsiya ishlari yakunlandi”, — deyiladi xabarda.

Aytilishicha, rejali joriy ta’mirlash va modernizatsiya ishlari, kelgusida majmuadagi operatsion samaradorlikni oshirish, ishlab chiqarish yillik hajmini ortishiga zamin yaratadi.
Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi odatiy ish rejimida faoliyatini boshladi
Ma’lumot uchun, majmua yiliga 4,0 mlrd kub metrgacha xom ashyo gazi, 3,5 mlrd kub metrgacha tabiiy gaz, 125 ming tonnadan ortiq polietilen granulasi, 110 ming tonnadan ortiq suyultirilgan gaz, 90 ming tonnadan ortiq gaz kondensati, 1,0 ming tonnadan ortiq oltingugurt granulasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston gazni qayta ishlash jarayonlariga Rossiya xoldingini jalb qildi. “O‘zbekneftgaz” AJ va Rossiyaning “PETON” kompaniyasi mutaxassislari hamkorligida Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi hamda Sho‘rtan gaz kimyo majmuasidagi tabiiy gazni qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish imkoniyatlari o‘rganildi.