TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga kassetali qismga ega ATACMS raketalarining yetkazib berilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
“Birinchidan, bu zarar yetkazadi, qo‘shimcha tahdid yaratadi. Ikkinchidan, biz, albatta, bu hujumlarni qaytara olamiz”, - dedi Putin Pekinda jurnalistlar savollariga javob berayotib.
Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Kiyevga ATACMS yetkazib berilishi frontdagi vaziyatni tubdan o‘zgartirmaydi.
“Imkoni yo‘q. Bu haqda aniq aytish mumkin”, - dedi Rossiya rahbari.
Putin Ukrainaga ATACMS yetkazib berilishi xato ekanini qayd etdi.
“Natija bo‘lmaydi. Shu bois bu xato. Ukraina uchun bu ma’noda hech qanday yaxshi narsa bo‘lmaydi. Bu jon talvasasini uzaytiradi, xolos”, - dedi Putin.
Rossiya rahbari AQSh tobora bu mojaroga shaxsan aralashib borayotganini ta’kidladi.