TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘azodagi shifoxonaga uyushtirilgan hujumni fojia va gumanitar falokat deb atadi va bu mojaroga barham berish zarurligidan dalolat bo‘lishini kutganini aytdi.
“Kasalxonaga kelsak - u yerda sodir bo‘lgan fojia - bu dahshatli voqea. Yuzlab vafot etganlar va yuzlab yaradorlar, albatta, falokat. Shunday ekan, umid qilamanki, bu mojaro imkon qadar tezroq tugatilishi kerakligi haqida signal bo‘ladi", —dedi u.