TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Rossiya davlatlarni Shimoliy dengiz yo‘li bo‘yicha hamkorlikka taklif qilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Pekinda o‘tayotgan “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumida ma’lum qildi.
"Shimoliy dengiz yo‘liga kelsak, Rossiya nafaqat o‘z hamkorlarini tranzit salohiyatidan faol foydalanishga taklif qilmoqda. Yana bir narsani aytaman: biz manfaatdor davlatlarni uning rivojlanishida bevosita ishtirok etishga taklif qilamiz. Ishonchli muz tarmog‘i, aloqa va materiallar bilan ta’minlashga tayyor", — dedi Rossiya yetakchisi.
Uning ta’kidlashicha, kelgusi yildan boshlab butun Shimoliy dengiz yo‘li bo‘ylab muz toifasidagi yuk kemalari uchun navigatsiya yil bo‘yi davom etadi.