Isroil-Falastin mojarosi

O‘zbekiston TIV Falastindagi shifoxonaga hujum uyushtirilganini qoraladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi “Al-Ahli” kasalxonasiga uyushtirilgan havo hujumi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan bayonot berdi.
Sputnik
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi G‘azo sektoridagi “Al-Ahli” kasalxonasiga uyushtirilgan havo hujumi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan bayonot berdi.
“G‘azo sektoridagi “Al-Ahli” kasalxonasiga uyushtirilgan havo hujumi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik. Bu dahshatli zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaymiz va buni xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi deb hisoblaymiz. Vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan holda, mojaro tomonlarini zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga hamda o‘t ochishdan tiyilishga chaqiramiz”, - deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, Isroilning “Al-Ahli” kasalxonasiga zarbasi oqibatida 500 dan ortiq odam halok bo‘ldi.