TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Pekindagi qator muzokaralardan so‘ng Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.
“Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston rahbarlari Pekindagi rasmiy amaliy muloqotlari yakunlangandan so‘ng, norasmiy uchrashuv o‘tkazdilar va unda dolzarb masalalar, jumladan, bir necha kun avval Bishkekda bo‘lib o‘tgan suhbatlar rivojini muhokama qilish davom etdi”, - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, O‘zbekiston va boshqa bir qator davlatlar prezidentlari “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumida ishtirok etish uchun Pekinda bo‘lib turibdi.