TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Xitoyga tashrif tadbirlari doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi raisi Van Xunin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbatda Xitoy tomoni Mirziyoyev “Makon va yo‘l” uchinchi xalqaro forumida ilgari surgan muhim tashabbuslarni yuksak baholadi va buning uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
Konstruktiv siyosiy muloqotning bugungi darajasi va xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro ko‘mak alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Madaniy-gumanitar aloqalar va ta’limdagi almashinuvni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.