Isroil-Falastin mojarosi

Isroilning “Al-Ahli” shifoxonasiga zarbasi oqibatida 500 dan ortiq odam halok bo‘ldi — video

Isroil hodisani “XAMAS raketasining muvaffaqiyatsiz uchirilishi” bilan bog‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Isroilning “Al-Ahli” shifoxonasiga zarbasi oqibatida 500 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti "Al-Jazeera" nashriga tayanib xabar berdi.

“Al-Ahli Al-Maadani shifoxonasini o‘qqa tutishda 500 dan ortiq qurbonlar bor”, - deyiladi xabarda.

O‘z navbatida, Isroil mudofaa kuchlari tergov olib borayotganini ma’lum qildi va hodisani “HAMAS raketasining muvaffaqiyatsiz uchirilishi” bilan bog‘ladi.
Keyinroq Falastin prezidenti zarba qurbonlari xotirasiga uch kunlik motam e’lon qildi. Manbaga ko‘ra, voqeadan so‘ng u Iordaniyadagi to‘rt tomonlama sammitda ham ishtirok etishdan bosh tortgan. Unda Iordaniya, Misr, AQSh va Falastin rahbarlari ishtirok etishi kerak edi.