TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18-oktabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 5,98 so‘mga arzonlashdi va 12 195,07 so‘mni tashkil qildi. Yevro 19,31 so‘mga oshdi va 12 869,46 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl ham 0,21 so‘mga ko‘tarilib, 125,34 so‘mni tashkil qildi.