Uzbekistan Airports “Urganch” va “Andijon” aeroportlari uchun xususiy hamkorlarni qidirmoqda

2023-2025 yillarda “Urganch” va “Andijon” aeroportlariga davlat-xususiy sheriklik asosida kiritilishi rejalashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi mos ravishda 177,28 million va 144,6 million dollarni tashkil etadi.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Uzbekistan Airports “Urganch” va “Andijon” aeroportlari uchun xususiy hamkorlarni qidirmoqda. Bu haqda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YuNVTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi doirasida o‘tkazilayotgan global investitsiya forumida ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
2023-2025 yillarda “Urganch” va “Andijon” aeroportlariga davlat-xususiy sheriklik asosida kiritilishi rejalashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi mos ravishda 177,28 million va 144,6 million dollarni tashkil etadi.
“Samarqand” xalqaro aeroporti O‘zbekiston aviatsiya sanoati tarixida o‘zini muvaffaqiyatli namoyon etgan birinchi davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihadir. 2023-yil boshidan buyon uning yo‘lovchi tashish hajmi 742 ming kishini tashkil etdi.
16–20 oktabr kunlari Samarqanddagi “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.