TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Toshkent shahrida Milliy gvardiya xodimi o‘zini otib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Sputnik’ga ma’lum qildi.
Aytilishicha, u o‘z joniga nima uchun qasd qilgani noma’lum.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.