Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Xitoyda qanday kutib olindi — foto

“Shoudu” xalqaro aeroportida davlat rahbarini XXR favqulodda vaziyatlar vaziri Van Sansi va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning taklifiga binoan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva bilan birga Pekin shahriga keldi.
Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Xitoyda kutib olindi
“Shoudu” xalqaro aeroportida amaliy tashrif bilan kelgan davlat rahbarini XXR favqulodda vaziyatlar vaziri Van Sansi va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Xitoyda kutib olindi
Oliy martabali mehmonlar sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Xitoyda kutib olindi
Tashrif doirasida 17-18 oktabr kunlari davlatimiz rahbari XXR Raisi Si Szinpin va Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin bilan muzokaralar, boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Xitoyda kutib olindi
O‘zbekiston yetakchisi “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumining ochilishida ishtirok etadi va yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.
Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Xitoyda kutib olindi