Samarqandda Rossiya bosh konsulxonasi ochiladi – Malginov

Buning uchun eng muhim huquqiy baza tayyor, ayni damda buning uchun mos keluvchi bino izlash va xodimlarni yollash ishlari boshlandi, dedi Malginov.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi yaqin kelajakda Samarqandda Rossiya bosh konsulligi ochiladi, dedi Rossiyaning mamlakatdagi elchisi Oleg Malginov RIA Novosti agentligiga.
Oktabr oyi boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi doirasida Rossiya Federatsiyasining Samarqand shahrida Bosh konsulligini tashkil etish to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolangan edi.

“Albatta, bu jarayonda o‘zbekistonlik hamkasblarimizdan, respublika hokimligidan, shahar hokimligidan (hokimlik – tahr.) yaqin kelajakda yangi federal muassasa eshiklarini ochish uchun yordam umid qilamiz”, — dedi Malginov mzolangan hujjatni amalga oshirishning borishi haqida fikr bildirayotib.

Elchi mazkur kelishuv Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi izchil kengayib borayotgan hamkorlikning muhim bosqichi ekanini ta’kidladi. "Bu yo‘lda birinchi va eng muhim qadam qo‘yildi, meyoriy-huquqiy baza allaqachon mavjud, endi unchalik muhim bo‘lmagan iqtisodiy va ma’muriy-tashkiliy qismi boshlanadi: tegishli bino izlash, xodimlarni yollash va hokazo", - deya aniqlik kiritdi Malginov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda Samarqandda ko‘plab muhim tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda: ham rus-o‘zbek, ham xalqaro tashkilotlar, ShHT va MDH orqali. Shu bilan birga, shahar nafaqat respublikaning siyosiy platformasiga, balki O‘zbekistonning madaniy va sayyohlik poytaxtiga aylandi va 2023-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi qariyb ikki baravar ko‘paydi.
“Albatta, bu omillarning uyg‘unligi mintaqadagi Rossiya fuqarolariga konsullik yordamini yanada jadallashtirishni talab qiladi”, — deya qo‘shimcha qildi elchi.