Samarqand va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar ochildi

Yangi reysning ochilish marosimi Samarqand xalqaro aeroporti terminalida bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Air Marakanda va China Southern Airlines aviakompaniyalari Samarqand va Urumchi (Xitoy) o‘rtasida ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni ochdi, deb xabar berdi Air Marakanda matbuot xizmati Sputnik muxbiriga.
Samarqanddan Urumchiga parvozlar dushanba kunlari mahalliy vaqt bilan soat 01:30 da amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Urumchi xalqaro aeroportidan Samarqandga qaytish reysi yakshanba kunlari soat 23:20 ga rejalashtirilgan.
Yangi reysning ochilish marosimi Samarqand xalqaro aeroporti terminalida bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida ishtirokchilar ushbu havo yo‘lining imkoniyatlari katta ekanligini ta’kidladilar.
Tadbirda ikki davlat o‘rtasida turizm va savdo sohalarini yanada rivojlantirish istiqbollari ham muhokama qilindi va yaqin kelajakda Xitoydan Samarqandga yangi yo‘nalishlar ochish rejalari e’lon qilindi.