TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi Sankt-Peterburgdagi qurilish obyektlarida mehnat qilayotgan 900 nafar o‘zbekistonlik bilan uchrashdi.
Rossiyada mehnat qilayotgan va ta’lim olayotgan o‘zbekistonliklarning muammolarini o‘rganish hamda ularga amaliy yordam berish ishlari davom etmoqda.
Respublika komissiyasi Sankt-Peterburgdagi qurilish obyektlarida mehnat qilayotgan 900 nafar o‘zbekistonlik bilan uchrashdi.
Ular bilan o‘tkazilgan muloqot davomida ta’lim to‘lov-kontrakti, uy-joy, O‘zbekistonda ishga joylashish, tadbirkorlik uchun kredit, qaytish uchun aviachipta kabi yordamlar bo‘yicha 85 ta masala ko‘rib chiqildi.
"Shundan 67 tasi mahalliy hokimliklar bilan bog‘lanilib uchrashuv joyida hal etildi, qolgan 18 tasi esa “Yo‘l xarita”ga kiritildi", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Sankt-Peterburg shahridagi kunlik mehnatga jalb qilinadigan bozorda 800, 1000 nafar kunlik ish qidiruvchilarning asosiy qismini o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari tashkil etishi kuzatildi.
Respublika komissiyasi Sankt-Peterburgdagi qurilish obyektlarida mehnat qilayotgan 900 nafar o‘zbekistonlik bilan uchrashdi.
Shuningdek, 200 nafarga yaqin kunlik ishchilar bilan o‘tkazilgan muloqotlarda 1 nafari uy-joy, 2 nafari harbiy xizmat, 9 nafari davolanish, 13 nafari O‘zbekistonda munosib ish o‘rniga joylashish bo‘yicha murojaat qildi.
Ushbu ko‘tarilgan masalalar yuzasidan shu joyning o‘zida mas’ullar bilan bog‘lanilib, hal etish choralari ko‘rildi.
Shundan so‘ng eng ko‘p, 5 ming nafar o‘zbekistonlik sotuvchilar va xizmat ko‘rsatuvchi mehnat muhojirlari faoliyat yuritayotgan “Salov bozori”ga tashrif buyurib, 150 nafari bilan suhbatlashildi va muammolari o‘rganildi.
Ishchi guruh fuqarolarning muammolarini o‘rganib, ularga amaliy yordam berish ishlarini davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga ko‘maklashish uchun komissiya ish boshladi. Komissiya 9-20 oktabr kunlari Rossiyada tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.